24 fevral kuni Toşkent şahridagi Book.uz savdo majmuasida taniqli adabiyotşunos olim Ibrohim Haqqul bilan ijodiy uçraşuv bölib ötdi.
Respublika yoş ijodkorlar kengaşi tomonidan taşkillaştirilgan mazkur ijodiy tadbirda yozuvçi va şoirlar, bir guruh yoşlar, şuningdek, OAV xodimlari iştirok etişdi.
Uçraşuvda Ibrohim Haqqul bugungi özbek jamiyatida uçrayotgan illatlarni qattiq tanqid ostiga oldi. Xususan, adabiyotşunosning fikriça, jamiyatimizda yoşlarning erkin fikrlaşi, jur'atiga daxl qiliş, tösqinlik hamon davom etmoqda.
«Odamlarimiz «Vatan» degan sözni eşitganda ensa qotiradigan bölib qolişgan. Nega? Çunki, qaçon televizor pultini bossangiz, vatan haqidagi balandparvoz gaplarni eşitasiz. Televideniyeda, gazetalarda, ommaviy tadbirlarning barçasida şunday, bir xil şablondagi gaplar. Eng açinarlisi, bularning heç biri yurakdan aytilayotgan gaplar emas. Kattalar yoşlarga «şu gapni gapirmasang ösmaysan, medal ololmaysan», deyişyapti. Oqibatda yoşlar fikrsiz bölib ösyapti. Ular orasida soğlom raqobat, fikrlaşuvni deyarli körmaysiz. Masalan, şu kabi yoşlarga salgina konstruktiv fikr bildirib köring-çi, ular öşa fikr egasiga tezda duşman közi bilan qaray boşlaşadi, uning ildizini quritişga urinadi. Afsuski, ularning köpçiligini endi özgartirib bölmaydi.
Bu işlarni zudlik bilan töxtatiş kerak, aks holda yoşlarimizni boy berib qöyamiz. Ularni bunday fikrsizlik bilan östiriş yaxşilikka olib bormaydi», deya yozuvçining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ibrohim Haqqul fikrsiz odam heç kimga vafo qilmasligi, bugun bir kişi haqida madh kuylasa, ertaga boşqa bir ikkinçi kişiga tahsin öqişini ta'kidlab ötdi.
«Yoşlar ongida fikrlaşdagi qörquvni yöqotaylik», deya qöşimça qiladi u.
















