Özbek va jahon adabiyoti, uning muammolari, tahlillari yuzasidan qator körsatuv va suhbatlarni öquvçilar e’tiboriga havola etib kelayotgan Kun.uz’ning navbatdagi suhbatdoşi adabiyotşunos olim, filologiya fanlari doktori Ibrohim Haqqul böldi.
Adabiyotşunos olim bilan bugungi jamiyat va adabiyot haqidagi suhbatimiz oçiq va samimiy ruhda ötdi. Unda Ibrohim Haqqul nafaqat özbek jamiyati va özbek adabiyotidagi muammolar hamda illatlarni tanqid qildi, balki bu muammolardan qutiliş borasida özi töğri deb bilgan fikrlarni ham örtaga taşladi.
Video: Mover (tas-ix)
https://mover.uz/video/embed/cT7FxMAm/
Video: Youtube.com
— Ustoz, bugun odamlarning ongini özgartiriş, yangiça dunyoqaraşga örgatiş haqida köp gapirilmoqda. Aslidayam, bugun yon atrofga diqqat bilan nazar solgan kişi aksariyat odamlar mayda masalalar, mayda fikrlar bilan öralaşib qolganini köradi. Nazarimda, öşa mayda fikrlarni kattalariga, ongni, qaraşni özgartirişning bir yöli, vositasi kuçli adabiyotda ham yaşiringandek. Sizningça, bu borada hozirgi adabiyotimizga qanday asarlar kerak?
— Töğri, bugun mana şu savollar bilan har bir yozuvçi öziça maşğul bölişi kerak.
Bugun hayotga hayot nazari bilan qaramasangiz, hayotning qöliga qöl uzatmasangiz, heç narsaga erişolmaysiz.
Bugun ezgulik va yaxşilikka nisbatan yovuzlikning qanoti keng yozilgan, harakati ham şiddatli. Keçagi qotib qolgan tuşunçalar yoki titiği çiqib ketgan aqlli gaplar bilan odamlarning köngliga yöl topib bölmaydi. Şu ma’noda bugungi adabiyot odamlarga nima deyişi kerakligini çuqur his qiliş kerak.
Keçagi yoki sobiq ittifoq davridagi tuşunçalari bilan, öşa aql va öşa usullar bilan adabiyot qilaman degan odam bugun adaşadi. Şuning uçun bugungi adabiyot yaratuvçisi şaxs masalasini oldingi öringa çiqarişi kerak. Çunki, kuçli adabiyotni kuçli şaxslar yaratadi, mayda şaxslar emas.
Katta, buyuk şaxslarni dunyoqaraşi birdaniga özi tozalanadi, çunki u millatning taqdirida heç kim körmagan haqiqatlarni, his qilmagan tuşunçalarni biladi, his qiladi. Aytmoqçimanki, bugun yozuvçilarning adabiyot oldidagi mas’uliyati yangilanişi kerak. Bugungi millatning adabiyot orqali yangilanişga ehtiyoji bor.

















