Özbek va jahon adabiyoti, uning muammolari, tahlillari yuzasidan qator körsatuv va suhbatlarni öquvçilar e'tiboriga havola etib kelayotgan Kun.uzʼning navbatdagi suhbatdoşi adabiyotşunos olim, filologiya fanlari doktori professor Ibrohim Haqqul böldi.

Adabiyotşunos olim bilan bugungi jamiyat va adabiyot haqidagi suhbatimiz oçiq va samimiy ruhda ötdi. Unda Ibrohim Haqqul nafaqat özbek jamiyati va özbek adabiyotidagi muammolar hamda illatlarni tanqid qildi, balki bu muammolardan qutuliş borasida özi töğri deb bilgan fikrlarni ham örtaga taşladi.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube.com

— Ustoz, Yevropa, umuman jahon adabiyotidagi barça katta asarlarda ma'lum falsafa yotganini köramiz. Qaysi yozuvçi va qaysi asarlarni nazarda tutayotganimni sezyapsiz. Ayting-çi, şu ma'noda özbek adabiyotining falsafiy asoslari nimalardan iborat, umuman özbek adabiyotining yakdil bir falsafasi bormi?

— Mumtoz adabiyotimiz Navoiy, Boburlar davrida adabiyotning falsafasi aniq bölgan. U paytning ijodkorlari nimaga suyanib, nimani tarğib-taşviq qilişni juda yaxşi bilgan. Lekin şöro zamonidan keyin hammasi ağdar-töntar bölib ketdi. Bu zamonda yaratilgan adabiyotni falsafasi siyosat va mafkura bölgan, kommunistik mafkura. Bu mafkura va siyosat to mustaqillik davrigaçayam keldi, lekin undan keyin adabiyotni falsafasi yangilangani yöq.

Çunki uni yangilaydigan ijodkor yöq. Ba'zi narsalar özgartirildi, ba'zi narsalarga boşqaça tön kiygizildi va bu gumanizm deyildi, falon deyildi, lekin katta falsafa yöq.

Şunga harakatlar bölgan. Masalan, bu yölda Nazar Eşonqul katta işlar qilgan. Afsuski, mana şunday yozuvçimiz bor, lekin “oqar suvni qadri yöq”. Uni yoşlar bilan uçraştirişadimi, yöqmi — bilmayman.

Adabiyot falsafasini anglab işlaşga intilişni Xurşid Döstmuhammadda ham köriş mumkin. Ammo yuqorida aytganimdek, hali tom ma'nodagi yangi falsafa yöq.