Bugun, 26 fevral kuni soat 10:26da Andijon şahar köp tarmoqli markaziy poliklinikasi hududidagi «Issiqlik manbai» AJga qaraşli isitiş qozoni portladi. 

Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabariga köra, favqulodda holat oqibatida poliklinikada tibbiy körikdan ötayotgan şahardagi 4-umumta'lim maktabining 9-g sinf öquvçilari turli darajada yengil jarohat olişgan. Aniqlik kiritilişiça, 18 nafar öquvçi Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filiali travmatologiya qabulxonasiga olib kelingan.

«Ular zudlik bilan zarur tekşiruvlardan ötkazilib, şifokorlar tomonidan şoşilinç tibbiy yordam körsatildi. 18 nafar bemor kuzatuv ostida bölib turibdi. Olib kelinganlardan 4 nafari holati tekşirilib, neyroreanimatsiya bölimiga yotqizildi, jumladan, 2 nafar bemorda zudlik bilan jarrohlik amaliyoti ötkazildi. 10 nafar qöşimça murojaat qilganlarga ambulator-psixologik yordam körsatilib, uyiga javob berildi», deyiladi xabarda.

Jabrlanganlarga tibbiy yordam körsatiş, zarur dori-darmonlarni yetkazib beriş böyiça barça çoralar körilgan. Vaziyat Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan nazoratga olingan.

Ayni vaqtda Kun.uz muxbiri ham hodisa tafsilotlariga oydinlik kiritiş uçun voqea joyiga yöl olgan. Yaqin vaqt içida qöşimça ma'lumotlar beriladi.