Suriya prezidenti Başar Asad 25 fevralda Eronga taşrif bilan keldi. Bu Asadning Suriyada 2011 yilda boşlangan uruşdan keyin qöşni davlatga ilk taşrifi böldi. Asad oxirgi 8 yil içida rasmiy taşrif bilan faqatgina Rossiyaga taşrif buyurgan.  

Asad taşrifi davomida Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uçraşdi. Ikki yetakçi ikki tomonlama munosabatlarni va Soçida Suriya böyiça ötgan sammit natijalarini muhokama qilişgan. 

Ma'lum qilinişiça, Ruhoniy va Asad özaro munosabatlarning rivojlanişidan mamnuniyat bildirişgan va barça darajalarda hamkorlikni davom ettirişga kelişib olişgan.

“Ruhoniy Tehron Suriyaga terrorçilikka qarşi kuraşni yakunlaş va mamlakatni tiklaş uçun barça zarur vositalarni yetkazişni davom ettirişini ta'kidlab ötgan”, deyilgan xabarda.

Öz navbatida Asad Ruhoniy va Eron xalqiga Suriyaning qonuniy hukumatini qöllab-quvvatlayotganlik uçun minnatdorlik bildirgan.

Asad, şuningdek, Tehronda Eronning oliy diniy yetakçisi oyatulloh Ali Homanaiy bilan uçraşgan.

Uçraşuv davomida Homanaiy Asadni Suriya armiyasi ğalabasi bilan tabriklagan. “Bu ğalabalar Ğarb va AQŞning mintaqadagi rejalariga hal qiluvçi zarba berdi”, deb aytgan Homanaiy.

Tomonlar bir qator ğarb davlatlarining mintaqada, ayniqsa Suriya va Eronda tartibsizlik avj oldirişga urinişlariga qarşi kuraşişni davom ettiriş istagida ekanliklarini ta'kidlab ötişgan.