AQŞ senatori Mark Rubio va davlat kotibi Mayk Pompeo Venesuela prezidenti Nikolas Maduro öldirilişi mumkinligini oçiqçasiga gapirişmoqda. Bu haqda Boliviya prezidenti Evo Morales aytib ötdi.

Moralesning ta'kidlaşiça, AQŞ Venesuelaning tabiiy zaxiralarini egallab olmoqçi va buning uçun hokimiyatni har qanday yöl bilan qöporib taşlaşga harakat qiladi.

Boliviya yetakçisining aytişiça, Vaşington Venesuelada “tinç yöl” bilan töntaruvni amalga oşira olmagandan keyin keskin çoralarga borişga tayyor va şu sababli Maduro öldiriladigan bölsa barça javobgarlik AQŞ zimmasida böladi.

“Pompeo nima demoqda? U “Maduroning kuni bitdi” demoqda. Keça bir amerikalik senator esa “Maduro öldirilişi kerak edi” dedi. Agar Maduro bilan biror kor-hol yuz bersa, bunga AQŞ, Pompeo va bu senator Rubio javobgar böladi”, deb aytgan Morales.

Avvalroq Pompeo Vaşington Venesueladagi vaziyatga ta'sir qilişning barça variantlarini körib çiqayotgani va jumladan, harbiy operatsiya ötkazilişi mumkinligini aytgan.