FVV Andijondagi portlaş yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi. Bildirilişiça, 26 fevral kuni taxminan 10:30da şahar tibbiyot birlaşmasiga qaraşli markaziy poliklinikasining isitiş qozonxonasida qozon portlagan. 

Birlamçi ma'lumotlarga köra, mazkur holatning kelib çiqişiga, isitiş qozonining nosozligi sabab bölgan.

Avariya natijasida, voqea joyidan uzoq bölmagan, flyuorografiya xonasida navbatdagi tibbiy körikdan ötayotgan Andijon şahri 4-sonli umumta'lim maktabining öquvçilari jabrlangan. 

Aniqlanişiça, 9-sinfning 18 nafar öquvçisi va ularni kuzatib borgan 4 nafar öqituvçi yengil jarohat olgan, ularning ahvoli qoniqarli. Şuningdek, örta darajadagi jarohatlangan ikki nafar öquvçilarga tezkor yordam körsatilgan. Ularning ham salomatligi qoniqarli darajada, deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan, sodir bölgan vaziyatning kelib çiqiş sabablari, jabrlanganlarga yordam körsatiş böyiça Andijon şahar hokimiyati, Favqulodda vaziyatlar, Içki işlar, Soğliqni saqlaş, Xalq ta'limi boşqarmalari rahbarlari hamda «Öztransgaz» mutaxassislari tarkibidan iborat komissiya tuzildi.