Football Observatory tahlil markazi ötgan yili Yevropadagi top-5 ligadagi eng yaxşi driblyorlar röyxatini taqdim etdi. 

Bu röyxatda birinçi örinini «Barselona» hujumçisi Lionel Messi band etgan. Statistikaga köra, argentinalik futbolçi özi iştirok etgan öyinlarda örtaça har 19,2 daqiqada raqib futbolçisini aldab ötgan.

Ikkinçi örinda «Nitssa» yarimhimoyaçisi Allan Sen-Maksimen joylaşgan – 19,8 daqiqalik körsatkiç, uçinçi örindagi – Eden Azarda («Çelsi») – 21 daqiqa. 

Bu boradagi kuçli önlikka quyidagi futbolçilar ham kirgan: Naim Sliti («Dijon»), Usmon Dembele («Barselona»), Jyeydon Sanço («Borussiya» D), Markus Tyuram («Gengam»), Jyeff Ren-Adelaid («Anjyer»), Uilfrid Zaa («Kristal Pelas»), Anxel Korrea («Atletiko»). 

«PSJ» hujumçisi Kilian Mbappe – 29-örinda joylaşgan. «Yuventus» futbolçisi Kriştianu Ronaldu top-50 içida yöq. 

Bu tahlil ötgan yili maydonda kamida 1800 daqiqa ötkazgan futbolçilar (Bundesliga uçun 1500 daqiqa) orasida ötkazilgan.