Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 26 fevral kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. 

Prezidentlar ikki mamlakat rahbarlarining qat'iy siyosiy irodasi va sa'y-harakatlari tufayli Özbekiston bilan Turkmaniston örtasidagi strategik şeriklik va özaro manfaatli hamkorlik jadal rivojlanib, izçil mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Oliy darajadagi özaro taşrif va muzokaralar Özbekiston – Turkmaniston munosabatlarini aniq mazmun bilan boyitdi.

Toşkent va Aşxobodda birgalikda milliy körgazma va biznes forumlari ötkazilgani, Işbilarmonlar kengaşining taşkil etilgani, idoralararo hamkorlik mustahkamlanayotgani tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiyani kuçaytirişga xizmat qildi.

Suhbatda Orolböyida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxşilaş va ekologik falokatning salbiy oqibatlarini bartaraf etiş böyiça körilayotgan amaliy çora-tadbirlarga alohida e'tibor qaratildi. 

Avaza şahrida Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasi sammitining muvaffaqiyatli ötkazilgani hamda Turkmanistonning uşbu jamğarmadagi samarali raisligi mintaqa mamlakatlari va xalqaro hamjamiyatning Orol muammosini hal etiş borasidagi birgalikdagi sa'y-harakatlariga yangi sur'at bağişladi.

BMT şafeligidagi Orolböyi mintaqasi uçun Inson xavfsizligi böyiça köp tomonlama şeriklik asosida Trast fondi öz faoliyatini boşlagani hamda dengizning qurigan tubida örmonlar yaratiş böyiça olib borilayotgan keng miqyosli işlar yuksak baholandi.

Şuningdek, bölajak tadbirlar rejasi yuzasidan, jumladan, joriy yilning aprel oyida Toşkentda bölib ötadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinçi maslahat uçraşuviga tayyorgarlik köriş töğrisida fikr almaşildi.

Muloqot söngida davlat rahbarlari qardoş xalqlarimiz va mamlakatlarimiz farovonligi yölida Özbekiston bilan Turkmaniston örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş borasida intilişlari qat'iy ekanini yana bir bor tasdiqladilar.