Odnoklassniki röyxatdan ötmagan foydalanuvçilarga onlayn-çatda ijtimoiy tarmoqlar örtasida birinçilardan bölib yordam bera boşladi. Parolni özgartiriş yoki öçirilgan profil bilan boğliq masalalarni endi qöllab-quvvatlaş xizmati xodimlari bilan şaxsiy yozişmalar orqali, ijtimoiy tarmoq sahifasiga kirmagan holda hal etiş mumkin.
Röyxatdan ötmagan foydalanuvçilar murojaatlarining 70 foizi OK qöllab-quvvatlaş xizmatiga yönaltiriladi. Bunda muloqot onlayn-çatda poçtadan farqli ravişda tezroq ötadi, demak ijtimoiy tarmoq sahifasiga kiriş imkoniyatini qayta tiklaş uçun kamroq vaqt talab etiladi. Ilgari qöllab-quvvatlaş xizmati bilan muloqot faqat poçta orqali amalga oşirilar, javobga taxminan 2 soat vaqt sarflanar edi. Endi javobning örtaça vaqti 2-5 daqiqadan oşmaydi, profilni qayta tiklaş uçun esa 15-20 daqiqa (poçtadan farqli ravişda 5 baravar kam) vaqt sarflanadi, xolos.
Hozirça çat orqali qöllab-quvvatlaş xizmatiga masalan, parolni qayta tiklaş kodi kelmagan yoki profilni telefon raqami orqali tiklaş mumkin bölmagan holatlar yuzasidan ayrim namunaviy murojaatlarni jönatiş mumkin. Kelgusida anonim tartibdagi barça masalalar çatda qayta işlanadi.
Yangi imkoniyatdan ijtimoiy tarmoqning veb-versiyasida foydalaniş mumkin. Qöllab-quvvatlaş xizmatiga ega çatni oçiş uçun “Parolni unutdingizmi?” tugmasini bosiş, öz profilini topiş va şundan söng “Biz bilan boğlaning” havolasini bosiş lozim. Tegişli şakl töldirilganidan söng, ekranning quyi burçagida qöllab-quvvatlaş xizmatiga ega çat oçiladi.
Kelgusida foydalanuvçilarning qöllab-quvvatlaş xizmati bilan anonim tartibdagi muloqoti avtomatik tarzda amalga oşiriladi: murojaatlarning köp qismini maxsus çat-bot qayta işlaydi. Şuningdek, onlayn-çatdan OKning mobil versiyasida hamda ijtimoiy tarmoqning iOS va Android uçun möljallangan ilovalarida foydalaniş mumkin böladi.
Qöllab-quvvatlaş xizmati öz faoliyatini röyxatdan ötgan foydalanuvçilar uçun OKning bevosita xabarnomalar servisida 2017 yilda boşlab yubordi. Uşbu davr mobaynida javobning örtaça vaqti 7 baravar qisqardi va ayni paytda qariyb 3 daqiqani taşkil etadi. Şu munosabat bilan ijtimoiy tarmoqning qöllab-quvvatlaş xizmati sutka mobaynida foydalanuvçilarning 10 mingtadan ortiq savollariga javob beradi.











