26 fevral kuni Toşkentdagi «Turkiston» saroyining majlislar zalida «Özbekkonsert» davlat muassasasi tomonidan «Badiiy söz san'ati va sahna mas'uliyati» mavzusida davra suhbatida ustoz san'atkorlari boşçiligida qiziqçilar ijodiy klubini taşkil etiş taklif etildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Har bir qiziqçining namoyişidan bir kun avval, hammamiz yiğilib, dasturni körib çiqsak, özimizning döstona taklifimizni bersak, maqsadga muvofiq bölardi. Bu senzura emas. Heç narsani olib taşlamaymiz. Faqat har bir gapni aytişning qoğozga öralgan, özbekona uslubini maslahatlaşamiz», – deya taklifni qöllab quvvatladi söz ustasi Zokir Oçildiyev.

Tadbir iştirokçilari joriy yilning 15 mart kuni yiğiliş bölib, klubning taşkil etiliş tartibi, nizomi körib çiqişga kelişib olişdi.
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Milliy ğoya va mafkura tadqiqotlarini taşkil qiliş bölim boşliği Ergaş Daminov esa alohida ekspertlar guruhini taşkil etişni taklif etmoqda.
Daminovning aytişiça, qiziqçilik san'ati söz ustalari namoyişlarini nazorat qiliş uçun Ma'naviyat va ma'rifat markazi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita vakillarini jalb etgan holda ekspertlar guruhini taşkillaştiriş ijobiy özgarişlarga olib keladi.
«Yoş avlod örtasida sörovnoma ötkazilganda ularning aksariyati sizlarni ideal sifatida körişlarini ta'kidlaşdi. Ideal böliş oson emas, şunga munosib böling. Odamlar sizga talpinadi axir», – deydi u.
Avvalroq, şu yiğiliş iştirokçisi qiziqçilik san'ati ustalariga ssenariy yozişda hamkorlikni taklif etgani xabar berilgandi.
YouTube
Tas-IX
















