Keça, 24 fevral kuni Osiyo Olimpiya Kengaşi prezidenti Şayx Ahmad Al-Fahad As-Saboh boşçiligida nufuzli delegatsiya Toşkentga taşrif buyurdi. Martabali mehmonlar bilan ikki kun davomida ötkazilgan uçraşuvlarda Özbekistonning 2030 yilgi Osiyo öyinlari mezbonligi uçun imkoniyatlari körib çiqildi. Kun.uz muxbiri mazkur muzokaralar yakunlari, nufuzli turnir mezbonligining qölga kiritilişi ehtimoli va mavzuga doir boşqa savollar bilan Milliy olimpiya qömitasi prezidenti Umid Ahmadjonovga murojaat qildi.
– Osiyo Olimpiya Kengaşi prezidenti Şayx Ahmad Al-Fahad As-Sabohning yurtimizga taşrifi Özbekistonning Osiyo öyinlari mezbonligi uçun kuraşdagi katta qadami böla oldimi? Dastlabki muzokaralar qanday keçdi, kutilgan işlar böldimi, bu harakatlarning davomi qanday böladi?
– Avvalo şuni ta'kidlab ötişni hohlardimki, davlatimiz rahbari, muhtaram Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev Oliy Majlisga yöllagan murojaatnomalarida yurtimizda soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş masalalariga alohida e'tibor qaratgandilar. Şuningdek, prezidentimiz tomonidan Özbekiston Osiyo öyinlarini ötkaza olişga qodir mamlakat ekanligi ham alohida qayd etib ötilgandi. Keyinçalik Milliy olimpiya qömitasi bu borada amaliy işlarni boşlab yubordi. Eng avvalo, imkoniyatlarimizni çamalab körib, Osiyo Olimpiya Kengaşiga 2030 yilgi XXI Osiyo öyinlari mezbonligiga ariza yölladik. Çunki 2022 yilgi Osiyo öyinlari Xitoyning Hançjou, 2026 yilgi öyinlar esa Yaponiyaning Nagoya şaharlarida bölib ötişi aniq bölib ulgurgandi. Şu boisdan biz 2030 yilgi musobaqani qabul qiliş böyiça Osiyo Olimpiya Kengaşiga ariza yölladik. Bizdan taşqari mazkur nufuzli musobaqa mezbonligi uçun Hindiston, Qatar va Filippin mamlakatlari kuraş olib boradi.
Şayx Ahmad Al-Fahad As-Sabohning yurtimizga taşrifi ança samarali ötdi, desak mubolağa bölmaydi. Osiyo Olimpiya Kengaşi rahbari bilan bölib ötgan uçraşuv davomida 2030 yilgi Osiyo öyinlarini Özbekistonning Toşkent hamda Samarqand şaharlarida ötkaziş imkoniyatlarini muhokama qildik. Şuningdek, yirik kompleks musobaqa uçun yangi sport inşootlari va Olimpiya şaharçasini quriş, logistika, qulay transport marşruti, yuqori saviyadagi tadbirlarni taşkil qila oliş mexanizmi, öyinlar translatsiyasi va boşqa masalalar yuzasidan fikr almaşildi.
Yurtimizga taşrifi davomida şayx As-Sabohga hamrohlik qilgan Xalqaro Kuraş Assotsiatsiyasi prezidenti, OOK Osiyo öyinlari departamenti direktori Haydar Farmon bilan uçraşuvda esa milliy sportimiz kuraşning kelajagiga oid muhim kelişuvga erişildi. Xabaringiz bor, 2018 yilgi Osiyo öyinlarida ilk marotaba musobaqa dasturidan örin olgan kuraş böyiça 7ta vazn toifasida (erkaklar 4ta, ayollar 3ta) bellaşuvlar ötkazilgan. Musobaqada yurtimiz şarafini himoya qilgan 14 sportçidan 12 nafari medallarga sazovor bölgandi.
















