Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker Misrdagi sammit natijalariga bağişlangan matbuot anjumandagi nutqini rafiqasining qönğiroğiga javob beriş uçun töxtatdi.
“Keçirasiz, rafiqam qönğiroq qilmoqda”, deb aytgan Yunker va qönğiroqqa javob bergan. Zalda jurnalistlar kulgisi kötarilgan.
Misrning Şarm-aş-Şayx kurort şahrida 24 fevraldan boşlab Arab davlatlari ligasi (ADL) va Yevropa Ittifoqining birinçi sammiti bölib ötmoqda. Yuqori darajadagi uçraşuvlarda Yevropaning 20 ga yaqin va aksariyat arab yetakçilari iştirok etmoqda.
Yunker bilan birgalikda matbuot anjumanda Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy, Yevrokengaş rahbari Donald Tusk va ADL boş kotibi Ahmad Abul Ğayt iştirok etgan.
Umuman olganda, Yunker katta anjumanlarda özini noodatiy tutişi bilan ajralib turadi. Keksa yoşli siyosatçi 2018 yil noyabrda JAR prezidenti Siril Ramafosa bilan uçraşuv natijalariga atalgan matbuot anjumanga turli rangdagi tuflida kelgan. U şuningdek tadbirlarga mast holatda kelgan paytlar ham bölgan.












