26 fevral kuni Toşkentda AQŞ xalqaro rivojlaniş agentligi (USAID)ning  Özbekistondagi sud-huquq islohotiga doir  dasturi taqdimoti ötkazildi. Tadbirda adliya vaziri R.Davletov, USAID va boşqa xalqaro taşkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari iştirok etdi. Adliya vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi Kun.uz'ga şu haqida xabar berdi. 

Foto: Adliya vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi
Foto: Adliya vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi

Ma'lumot uçun: USAIDning Özbekistonda sud-huquq islohoti böyiça dasturi (JRUP)ning amalga oşirilişi umumiy miqdori 10 mln AQŞ dollaridan oşiq mablağni taşkil etadi. Dastur 3 yillik muddatni öz içiga  qamrab olgan bölib,  mamlakatimiz hukumatining  qonun ustuvorligini ta'minlaş,  qonunçilik va  sud-huquq tizimini  yanada isloh qiliş hamda respublikada  fuqarolik jamiyatini  rivojlantiriş kabi sa'y-harakatlarini  qöllab-quvvatlaşga yönaltirilgan. Dasturning asosiy maqsadlari – qonun ustuvorligini ta'minlaşni qöllab-quvvatlaş, yuristlar va sud-huquqi tizimi xodimlarining malakasini oşiriş, fuqarolik jamiyati va NNT uçun qulay huquqiy muhitni şakllantirişdir.

Harakatlar strategiyasiga muvofiq, Özbekistonda keng kölamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oşirilmoqda. Sud hokimiyati va kafolatlarining çin mustaqilligini mustahkamlaş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş, qonunçilikni takomillaştiriş, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş tizimi samaradorligini oşiriş, huquqbuzarliklarni oldini oliş, sud jarayonida tortişuvlilik tamoyilini töliq amalga oşiriş, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar körsatiş tizimini  takomillaştirişga yönaltirilgan qonun ustuvorligini ta'minlaş va sud-huquq tizimini  isloh qiliş -  ustuvor yönalişlardan sanaladi.

Foto: Ruslan Davletov

USAID'ning Özbekistondagi sud-huquq islohotiga doir dasturining amalga oşirilişi ötgan yilning 8 iyunida  Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va USAID örtasida imzolangan Qonun ustuvorligini  mustahkamlaşni qöllab-quvvatlaş böyiça özaro anglaşuv memorandumida közda tutilgan. Bu davlatimiz rahbarining AQŞga amalga oşirgan davlat taşrifi doirasida  adliya vazirining Vaşington şahrida imzolagan  kelişuvlarining  mantiqiy davomi böldi. Memorandum sud-huquq sohasidagi islohotlarini amalga oşiriş va implementatsiya qiliş böyiça Özbekiston Respublikasini qöllab-quvvatlaşda asos bölib xizmat qiladi.