Internet tarmoğida “Spark” rusumli avtomobil haydovçisi maşina kapoti ustida odam bölgan holatda harakatlangani aks etgan video tarqaldi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilarining taxmin qilişlariça, “maşina kapoti ustiga çiqqan qiz bu işni yigit bilan – ya'ni “Spark” haydovçisi bilan janjallaşgani sababi qilgan”.
Toşkent şahar IIBB videodagi şaxslarni aniqladi. Ma'lum bölişiça, 23 fevral kuni ertalab Nukus köçasida “Spark” avtomobili haydovçisi 20 yoşli L.Ş. tanişi bölgan N.P.ni öz maşinasi kapoti ustida “sayr qildirib”, N.P.ning hayoti va soğliğiga xavf tuğdirgan (YHQ 11-band).
Natijada, haydovçi L.Ş.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 128-moddasiga asosan (“Haydovçilarning transport vositalarini piyodalar yölkalaridan yurgizişi, yöl belgilari va yöl harakatining boşqa qoidalari talablariga rioya etmasligi”), N.P.ga nisbatan esa 138 modda (“Piyodalar va yöl harakati boşqa iştirokçilarining yöl harakati qoidalarini buzişi”) böyiça bayonnoma tuzildi.

“Hurmatli haydovçilar, avtomobil yuqori xavf vositasi hisoblanişi va “hazillarni” tuşunmasligi yodingizda bölsin. Yöl harakati qoidalarini buziş esa jazoga sabab böladi”, - deyiladi IIBB xabarida.











