BMT Xavfsizlik kengaşining Şimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalar böyiça qömitasi maxfiy hisobot tayyorladi. Unda KXDR xalqaro sanksiyalarni qanday qilib çetlab ötayotgani haqida söz yuritiladi, deb xabar qilmoqda CBS News.

Telekanal ma'lumotlariga köra, hujjatda Şimoliy Koreya sanksiyalarni çetlab ötiş uçun borgan sari zamonaviy texnologiyalardan foydalanayotgani ta'kidlanadi.

Qayd etilişiça, Pxenyan hozir ham Suriyaga qurol-yaroğ sotişdan daromad olişda davom etmoqda.

Şu bilan birga, hisobotning barçaga taqdim etiladigan versiyasi AQŞ prezidenti Donald Tramp hamda Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In uçraşuvidan söng paydo bölişi mumkin. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp KXDRga iqtisodiy farovonlik va'da qilgandi.