Mamlakatda huquq-tartibot idoralari tomonidan giyohvand moddalar savdosiga qarşi kuraş borasida tizimli işlar amalga oşirilmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmati Toşkent viloyati boşqarmasi xodimlari tomonidan özbek-tojik davlat çegarasini noqonuniy kesib ötgan vaqtda 1978 yilda tuğilgan, Tojikiston Respublikasi fuqarosi, Söğd viloyati Mastçox tumani Fotixobod posyolkasida yaşovçi M.M. uşlandi. Uning qöl yuklari közdan keçirilganda sof oğirligi 773 gr. bölgan opiy moddasi borligi aniqlandi va tegişli tartibda rasmiylaştirildi.

Şuningdek, Toşkent tumani “Şodlik” köçasida yaşovçi, 1980 yilda tuğilgan Ş.Z. va uning onasi Z.N. ham huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlarida şubha uyğotdi va dastlab ular yaşaydigan xonadon kuzatuvga olindi. Videonazorat xonadon oynasidan şubhali narsa uloqtirilganligini tasvirga tuşiradi. Şundan söng tekşiruv harakatlari davom ettirilib, natijada uşbu uloqtirilgan şubhali narsa içida salkam 3 kg. marixuana giyohvand moddasi aniqlandi va tegişli tartibda rasmiylaştiriladi.

Navbatdagi giyohvand moddalar savdosi bilan boğliq holat Davlat xavfsizlik xizmati Qaşqadaryo viloyati boşqarmasi xodimlari tomonidan aniqlandi. 1989 yil Çiroqçi tumanida tuğilgan H.B. “Lasetti” avtomaşinasida Toşkent şahriga yöl oladi. Avtomaşina “Umakay” yöl patrul xizmati maskanida közdan keçirilganida 120 gr. marixuana vositasi borligi aniqlandi. Suriştiruv davomida H.B. uni Toşkent şahriga olib borib sotmoqçi bölganligi ma'lum böldi. Tezkor guruh tomonidan H.B.ning yaşaş manzili ham közdan keçirilganda uyning yertölasidan 5 kg. 294 gr. marixuana giyohvandlik vositasi rasmiylaştirib olindi.

Bundan taşqari, Davlat xavfsizlik xizmati Farğona viloyati boşqarmasi xodimlari tomonidan Özbekiston Respublikasiga kontrabanda yöli bilan olib kelingan gaşiş giyohvand moddasi savdosiga çek qöyildi.

Bir muddat avval geroin savdosi bilan uşlangan fuqaro M.M.ning körsatmasiga köra, qirğizistonlik H. ismli şaxs gaşiş moddasini Özbekistonga olib ötib, belgilangan joyga yaşirib ketganligi ma'lum böldi. Ötkazilgan tekşiruv natijasida Qirğiziston Respublikasiga çegaradoş bölgan Quvasoy şahar Polvon mahallasidagi dala şiyponi devori ostidan qora sellofan paket içida 10 dona alohida bölaklarda bölgan sof oğirligi 7 kg. 662 gr. Miqdordagi gaşiş giyohvand moddasi aşyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda barça holatlar yuzasidan Özbekiston Respublikasi JKning tegişli moddalariga asosan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.