Buxoro, Samarqand, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlarining Içki işlar boşqarmasi qoşida xavfsiz turizmni ta'minlaş böyiça boşqarmalar tuzilgani haqida xabar bergan edik.

Bu boşqarmalarning asosiy maqsadi — turizmning xavfsizlik holati monitoringi, real vaqt rejimida sayyohlarni ehtimoliy tahdidlardan xabardor qiliş, ularning huquqlari va huquqiy qiziqişlarini himoyalaşdan iboratligi belgilab berilgan.
Samarqand viloyat IIB xavfsiz turizmni ta'minlaş böyiça boşqarma köhna şahardagi osori atiqalar hududida yurtimizdan va xorijdan kelgan sayyohlarga kömak beriş va ularni himoyalaş bilan şuğullanib kelmoqda.

Boşqarmaning egizak xodimlari Fotima va Zuhra Rahmatova köpçilikka yaxşi taniş bölib ulgurgan. Fotima Registon maydonida, Zuhra esa Amir Temur maqbarasida faoliyat olib bormoqda.


2019 yilning 17 fevralida Fransiyaning maşhur «Le Monde» gazetasining «Dolzarb» ruknida jurnalist Şarlotta Hevro muallifligida «Özbekiston: ertakona boyliklarga ega yangi mamlakatmi?» sarlavhasi ostida maqola e'lon qilindi. Unda muallif hukumatning turizmni rivojlantirişga yuksak e'tibor berayotgani, Özbekistonning turistik salohiyati ösib borayotganini ta'riflab, şuningdek Içki işlar vazirligi tizimida turistlar xavfsizligini ta'minlaş böyiça yangi boşqarma tuzilganini, xorijlik turistlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar, jumladan Zuhra Rahmatova haqidagi hikoyasi e'lon qilindi.

Samarqand viloyat IIB xavfsiz turizmni ta'minlaş böyiça boşqarmasining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, Özbekistonning ijobiy imijini oşiriş, xavfsiz turizmni ta'minlaş yuzasidan yana talay bir taşviqot va tarğibot işlarini amalga oşiriş möljallanmoqda.











