Moskva okrug sudi Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Axborot xavfsizligi markazining sobiq polkovnigi Sergey Mixaylovni davlatga xiyonat qilganlik uçun 22 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. 

Uşbu işning yana bir figuranti – “Laboratoriya Kasperskogo” kompaniyasi xodimi Ruslan Stoyanov esa 14 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Ma'lum qilinişiça, sudlanuvçilar xorijiy maxsus xizmatlarga axborot berganlikda uşlanganlar. Aynan qanday axborot berilgani oşkor qilinmagan.

Şuningdek, sud Mixaylovga 400 ming rubl jarima tayinlagan va harbiy unvonidan mahrum qilgan, Stoyanovga esa 150 ming rubllik jarima solingan va militsiya mayori unvonidan mahrum etilgan.

Sud qarori hozirça kuçga kirmagan va uning ustidan şikoyat qilinişi mumkin.

Uşbu sud işi “maxfiy” belgisi ostida ötgani sababli, sud jarayoni yopiq tartibda ötgan.

Mixaylov hibsga olingan vaqtda FXX Axborot xavfsizligi markazining bölimlaridan birini boşqargan, Stoyanov “Laboratoriya Kasperskogo”da kompyuter holatlarini tergov qiliş bölimida işlagan, 2006 yilgaça esa militsiyada faoliyat yuritgan. 

“Kommersant” naşrining yozişiça, Mixaylov vositaçilar orqali AQŞ Federal qidiruvlar byurosiga Chronopay kompaniyasi asosçisi Pavel Vrublevskiy işi böyiça “tezkor-qidiruv ma'lumotlari”ni bergan. Vrublevskiy AQŞda kiberjinoyatçi hisoblanadi. Axborot uçun 10 mln dollar va'da qilingan, biroq ayblanuvçilar natijada qança pul olişgani noma'lum.