Hindiston harbiy-havo kuçlarining ma'lum qilişiça, Pokistonga qaraşli bölgan F-16 köp nişonli qiruvçi samolyoti urib tuşirilgan. Bu haqda Firstpost naşri yozmoqda.
Bundan oldin, Pokiston harbiy-havo kuçlari mamlakat havo hududiga kirib kelgan Hindistonning ikkita harbiy samolyoti urib tuşirilgani haqida xabar bergandi. OAV ma'lumotlariga köra, ikki uçuvçi halok bölgan, yana biri asirga olingan.
TASS’ning Pokiston qurolli kuçlari matbuot kotibi general-mayor Asif Ğofurga asosan xabar qilişiça, «Hindiston harbiy-havo kuçlarining qiruvçi samolyotlari mamlakat havo hududini buzib kirgan».
Hindiston va Pokiston örtasidagi munosabatlar 14 fevral kuni sodir bölgan Kaşmirdagi teraktdan söng keskinlaşdi. Nyu-Dehli Islomobodni hujum uçun mas'uliyatni öz zimmasiga olgan «Jayişi Muhammad» guruhini qöllab-quvvatlaşda aybladi.












