Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 26 fevral kuni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi ortda qolayotgan hududlar masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.
«Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantiriş, hududlar farovonligi va aholi hayot darajasini oşirişga qaratilgan keng kölamli çora-tadbirlar belgilangan. Ularni samarali amalga oşiriş maqsadida davlat rahbarining farmoniga muvofiq, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi taşkil etildi. Hududlar va tarmoqlarni kompleks rivojlantiriş, işlab çiqariş kuçlarini mutanosib joylaştiriş Iqtisodiyot va sanoat vazirligining, tarmoq va hududiy investitsiya dasturlari işlab çiqilişi hamda amalga oşirilişini ta'minlaş, korxona va taşkilotlarning eksport faoliyatini muvofiqlaştiriş Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligining asosiy vazifalari etib belgilandi.
Endi mazkur vazirliklar özaro muvofiq işlab, bozor talablari asosida mavjud imkoniyatlarni töliq işga soliş, hududlar va tarmoqlarni jadal rivojlantiriş çoralarini köradi. Bugungi kunda yalpi içki mahsulotda sanoatning uluşini oşirişga alohida e'tibor qaratilib, bu borada qator loyihalar işlab çiqilmoqda», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Davlat rahbari aksariyat loyihalar infratuzilma qulay bölgan tumanlarga joylaştirilib, boşqa hududlar e'tibordan çetda qolmasligi kerakligini ta'kidlagan.

Özbekistonda 32 tumanda sanoatning uluşi viloyat körsatkiçining 3 foiziga ham yetmasligi tanqid qilindi. Uşbu tumanlarning geografik joylaşuvi, xomaşyo bazasi, mehnat resurslaridan keng foydalaniş imkoniyatlari körsatib ötildi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiya va taşqi savdo vazirligi, Davlat geologiya qömitasiga har bir tuman kesimida qazilma boyliklari zaxirasidan kelib çiqib, ularni sanoatlaştiriş böyiça investitsiya loyihalarini şakllantiriş vazifasi qöyildi.
266 ming gektar yerning unumdorligi pasayib, foydalanişdan çiqib ketgani qayd etildi. Qişloq xöjaligi vazirligi, Suv xöjaligi vazirligiga bu joylarda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etiş hisobiga qişloq xöjaligini rivojlantiriş böyiça dastur işlab çiqiş topşirildi.
Qöşni davlatlar bilan çegaradoş tumanlarning logistika, eksport va servis salohiyatidan samarali foydalaniş böyiça ham körsatmalar berildi.












