Bu hafta yevrokuboklar «dam olayotgan» bölsa ham, futbol ixlosmandlari uçun bugun haqiqiy futbol bayrami böladi. Ta'bga qarab, istasangiz London derbisi, Angliya grandlarining çempionlik kuraşidagi sirtqi raqobati yoki masalan, Ispaniya tomonga nazar taşlab, dunyoning eng katta öyini – El Klasikoni tomoşa qiliş imkoniyatiga egasiz.

«Kristal Pelas» – «Mançester Yunayted»
27 fevral, soat 23:00da, London, «Selxers Park» stadioni (Toşkent vaqti bilan soat 01:00)

Bu öyin turnir jadvalida kuçli törtlik uçun kuraş nuqtai nazaridan ham ahamiyatli, Sulşerning jamoani tuşib qolgan oğir ahvoldan qanday olib çiqib keta olişini köriş ham qiziq bölsa kerak. Atigi uç kun oldin «Liverpul»ga qarşi öyin davomida «MYu»ning tört futbolçisi jarohat oldi. Marsiyal, Jons va Matiç sal oldinroq safdan çiqqani, Valensiya, Darmiyan kabi futbolçilar esa, hali tiklanib ulgurmaganini ham hisobga olsak, Sulşer deyarli bir öyinga yetadigan tarkibdan foydalana olmaydi. Bunday holatda, murabbiy qanday yöl topişini kuzatamiz, zero endi har bir öyinda oçkolar suv va havodek zarur.

«Kristal Pelas» esa, öziga yaraşa xavfli jamoa, ayniqsa, öz maydonida. «Mançester Yunayted» bilan özaro statistika u qadar umidli bölmasada (1992 yildan beri APLda «Kristal Pelas» bu raqibni yenga olmagan), aksariyat öyinlarda «burgutlar» munosib qarşilik körsata olişgan. Xususan, birinçi davrada «Old Trafford»da ham mezbonlar raqib darvozasiga yöl topa olişmagandi. Nafaqat himoyada, «Kristal Pelas»ning oldingi çiziğida ham ança tajribali, muhimi, top-jamoalarda töp surib ulgurgan futbolçilar töp suradi. Taunsend öz vaqtida «Tottenhem»ning, Benteke «Liverpul», Başuayi «Çelsi»ning libosini kiyib ulgurgan. Uilfrid Zaa esa «Mançester Yunayted» tarbiyalanuvçisi hisoblanadi.  

Yana bir qiziq seriya, «Mançester Yunayted» Ole Gunnar Sulşer kelganidan beri, safarda ötkazgan 7 öyinning barçasida ğalaba qozondi. Bu ğalabalarning 4tasi Londonda, «Arsenal», «Tottenhem», «Çelsi» va «Fulhem» ustidan qozonilganini ham ta'kidlaş kerak. Demak, öziga xos London zabt etuvçisiga aylangan Sulşer beşinçi ğalabasi uçun yana sevimli şahriga qaytmoqda.

«Çelsi»