Vazirlar Mahkamasi Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30-31 yanvar kunlari Jizzax viloyatiga taşrifi davomida berilgan topşiriqlar ijrosini ta'minlaş hamda Jizzax viloyatining tumanlari markazlarida quriliş va obodonlaştiriş işlarini jadal sur'atlarda taşkil etiş maqsadida farmoyiş qabul qildi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jizzax viloyatining barça tumanlari (Mirzaçöl tumanidan taşqari) markazlarini zamonaviy qiyofaga keltiriş uçun ijtimoiy soha muassasalarini ta'mirlaş va aholini toza içimlik suvi bilan ta'minlaş işlariga har bir tumanga 4 mlrd sömdan, jami 44 mlrd söm mablağni Jizzax viloyati mahalliy budjetiga ajratilişini ta'minlaydi.
Bunda, uşbu körsatib ötilgan mablağlar:
respublika budjetining yil boşidagi erkin qoldiq mablağlari hisobidan har bir tumanga 2 mlrd sömdan, jami 22 mlrd söm mablağ 2019 yil fevral oyi mobaynida;
respublika budjetining birinçi çorakdagi daromadlari rejasining oşirib bajarilgan qismi hisobidan har bir tumanga qöşimça 2 mlrd sömdan, jami 22 mlrd söm mablağ 2019 yil aprel oyi mobaynida ajratilişi ta'minlanadi.
Jizzax viloyatining tumanlari markazlarida bajariladigan quriliş va obodonlaştiriş işlari böyiça:
Jizzax viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmaçi xizmati” IK” davlat unitar korxonasini - buyurtmaçi etib;
eng maqbul takliflarni tanlab oliş asosida aniqlangan loyihalovçi va pudratçi taşkilotlar - boş loyihalovçi va boş pudratçi taşkilotlar etib belgilanadi.
Boş loyihalovçi va boş pudratçi taşkilotlarni tanlab oliş jarayonlarini nazorat qiliş va natijadorlikni ta'minlaş yuzasidan şaxsiy javobgarlik Jizzax viloyati xokimi E.Saliyev zimmasiga yuklandi.
Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi va Jizzax viloyati hokimligi Özbekiston Respublikasining 2019 yilga möljallangan Investitsiya dasturiga qöşimça ravişda quyidagi obektlar belgilangan tartibda kiritilişini ta'minlaydilar:
Foriş tumanida 60 örinli tuğruqxona kompleksini quriş va jihozlaş;
Döstlik tumani “Yangi hayot” massivida 630 örinli umumta'lim maktabini quriş va jihozlaş;
Jizzax viloyati hokimligi va Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi takliflari asosida viloyatdagi eng oğir ahvolda bölgan umumta'lim maktablarini ta'mirlaş.












