«Özbekiston havo yöllari»ning Toşkent-Amritsar yönalişi böyiça harakatlanayotgan Boeing 767 rusumli samolyoti Toşkentga qaytarildi. Bu ma'lumotni Toşkent aeroportidagi manba Kun.uz muxbiriga tasdiqladi.
Reja böyiça soat 12:40da Amritsarga qönişi kerak bölgan samolyot Toşkentdagi aeroportga soat 12:35da muvaffaqiyatli qönişni amalga oşirdi.
Manbaning aniqlik kiritişiça, samolyotning ortga qaytişiga Pokiston va Hindiston örtasida yuzaga kelgan mojaro ortidan pokistonliklar tomonidan mazkur havo yölagi böyiça parvozlarni amalga oşirişga taqiq qöyilgani sabab böldi
Bundan taşqari, FlightStats ma'lumotiga köra, Kaşmirdagi mojaro tufayli Özbekiston havo hududidagi Air India va Rossiya Airlines kompaniyalarining ikkita samolyoti Hindistonga parvozni keçiktirişga majbur bölgan.

Amritsar - Hindistonning Pokiston bilan çegaralariga yaqin şahri hisoblanadi.

Biroz avvalroq Pokiston armiyasi hindistonliklarning ikki samolyotini Kaşmirdagi havo hududiga kirib kelgani uçun urib tuşirganini ma'lum qilgandi. Bunga javoban Hindiston tomoni ham pokistonliklarning bitta qiruvçi samolyotini urib tuşirgan.
26 fevral kuni Hindiston harbiy-havo kuçlari 14 fevral kungi teraktga javoban Kaşmirning Pokiston qismidagi «Jayişi Muhammad» guruhining yirik maşğulot lageriga zarbalar berdi. Havo hujumi oqibatida köplab jangarilar, ularga tegişli transport, qurol va öq-dori yöq qilingandi. Hindiston taşqi işlar vaziri birinçi örinbosari Vijay Gokxale bu zarba zarur bölgani, çunki guruh Hindistonning turli hududlariga xudkuşlar iştirokida hujumlar tayyorlayotganini aytgan.










