Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston oltin va uran zaxiralarini sezilarli darajada oshirishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston 2020-2024 yillarda mamlakatdagi oltin zaxiralari 474 tonna va uran zaxiralari 32 ming tonnaga ko‘payishini prognoz qilmoqda. Pul ko‘rinishida bu 18,7 milliard dollarga teng.
Geologiya va mineral resurslar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan, 2020-2024 yillarda O‘zbekiston geologik sohasini rivojlantirish konsepsiyasida qayd etilishicha, mamlakat geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish orqali oltin va uran zaxiralarini oshirishni rejalashtirmoqda.
Hujjatda ta'kidlanishicha, 2019 yilda mamlakatda oltin zaxiralari 89,7 tonnaga, uran zaxiralari esa 6200 tonnaga ortadi.
Hujjat 2020 yildan 2024 yilgacha bo‘lgan davrda yangi oltin konlarini qidirish va baholash uchun 230 mln dollar ajratishni nazarda tutadi. Uran konlarini izlash uchun 59 million dollar ajratiladi. 2017 yilgi natijalarga ko‘ra, mamlakatda oltin qazib olish 89,9 tonnani tashkil etdi.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, hozirgi oltin zaxiralari olti ming tonnani tashkil etadi. Uran zaxiralari 97 000 tonna. Uran ishlab chiqarish yiliga 3600 tonnani tashkil etadi.
Mavzuga oid
08:16 / 03.06.2026
Yadroviy energetikaga talab oshmoqda: uran bozori qayta jonlandi
17:43 / 31.05.2026
Qozog‘iston Eronning uran zaxiralarini qabul qilishni taklif qildi
14:26 / 28.05.2026
1,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi va keskin oshayotgan go‘sht importi - O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
18:43 / 26.05.2026