Moliya vaziri örinbosari Dilşod Sultonovning ma'lum qilişiça, Özbekistonda non narxi 2018 yil sentyabrdagi kötarilişdan keyin yana bir marta oşadi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

«Zavodlar çegara narxni uşlab turişibdi, ya'ni ular oxirgi çegarada va rivojlana olmayapti. Ular baribir non narxini oşirişi kerak böladi. Buni juda yaxşi tuşunyapmiz», - dedi Sultonov.

15 sentyabrdan boşlab Özbekistonda «buxanka» non narxi 650 sömdan 1100 sömga, deyarli ikki barobar oşdi. Bu mamlakatda nonni talab va taklif asosida şakllanuvçi erkin bozor narxi böyiça realizatsiya qilişga oid yangi tartib joriy etilgani bilan boğliq.

JAMŞID QÖÇQOROV: NONNING NARXI OŞIRILMADI, BALKI ERKINLAŞTIRILDI

«Biz nonga narxlarni qöyib yuborganimizda jiddiy taşvişlangan edik. Şuni oçiq aytişim mumkinki - bu uyqusiz ikki haftaga aylandi, öşanda bozor özini qanday tutişidan taşvişga tuşdik», - deya qayd etib ötdi vazir örinbosari.

Hukumat ötgan yili ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uçun non narxi oşirilişini subsidiyalaşni boşladi. Agar narx yana kötarilsa, «qöşimça subsidiyalar talab qilinadi», deya qöşimça qilib ötdi Sultonov.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga 2018 yil 1 oktyabrdan boşlab un va qolipli non oliş böyiça qöşimça xarajatlarni qoplaş uçun eng kam oylik iş haqining 10 foizi miqdorida kompensatsiya tölovi joriy etildi.