Vazirlar Mahkamasining “Respublika ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazlari tomonidan taşxis qöyiş va davolaş sifati standartlariga rioya qilgan holda aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam körsatiş qoidalariga özgartiriş kiritiş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 8 iyundagi 264-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazlari tomonidan taşxis qöyiş va davolaş sifati standartlariga rioya qilgan holda aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam körsatiş qoidalarining 20-bandi quyidagi tahrirda bayon qilindi:
“20. Xorijiy fuqarolar körsatilgan tibbiy xizmatlar uçun haqni belgilangan tartibda tasdiqlangan tariflardan oşirilgan miqdorda raqobatbardoş bozor narxlaridan kelib çiqib milliy valuta - “söm”da tölaydilar.
Xorijiy fuqarolar uçun tariflarning oşirilgan miqdori Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi bilan kelişgan holda Markazlar tomonidan belgilanadi.
Bunda, xorijiy fuqarolarni davolaş muassasasiga jalb qilişda vositaçilik xizmatlarini amalga oşirgan yuridik şaxslarni rağbatlantiriş şartnomaga muvofiq oşirilgan tariflar böyiça xorijiy mijozlarga tibbiy xizmatlar körsatişdan tuşgan tuşumlar hisobiga amalga oşiriladi”.
Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda özlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda uşbu qarorga muvofiqlaştiradi.












