Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 26 fevral kuni Özbekiston – AQŞ siyosiy maslahatlaşuvlarining navbatdagi uçraşuvida iştirok etiş uçun mamlakatimizga kelgan AQŞ Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari böyiça yordamçisi vazifasini bajaruvçi Elis Uellsni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari mehmonni qutlab, özaro işonç va hurmatga asoslangan ikki tomonlama munosabatlar izçil rivojlanib borayotganini yuksak baholadi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil may oyida Amerika Qöşma Ştatlariga rasmiy taşrifi strategik şeriklikning yangi davrini boşlab bergan tarixiy voqea bölgani qayd etildi.
Turli darajalarda faol muloqot olib borilmoqda, tomonlar uçun manfaatli yönalişlar böyiça köp qirrali hamkorlik izçil rivojlanmoqda.
Şu ma'noda, dolzarb masalalar va ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaş istiqbollarini muhokama qiliş uçun siyosiy maslahatlaşuvlar mexanizmidan yanada samarali foydalaniş muhimligi ta'kidlandi.
AQŞning yetakçi kompaniya va banklari bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy-texnologik hamkorlikni yanada kengaytiriş masalasiga alohida e'tibor qaratildi.
Ötgan yili oktabr oyida AQŞ savdo vaziri U.Rossning Özbekistonga taşrifi doirasida Toşkent şahrida ilk bor taşkil etilgan Amerika biznesi haftaligini ötkaziş amaliyotini davom ettiriş zarurligi alohida ta'kidlandi.
Uçraşuvda Afğonistondagi vaziyatni tinç yöl bilan hal etiş, uşbu mamlakatni mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikka faol jalb etiş masalalari yuzasidan ham fikr almaşildi.
Davlat kotibi yordamçisi vazifasini bajaruvçi Elis Uells davlatimiz rahbariga samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirib, Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti Donald Tramp va Davlat kotibi Maykl Pompeoning salomlarini yetkazdi.

Amerikalik diplomat bugun Toşkentda bölib ötgan siyosiy maslahatlaşuvlarning yettinçi davrasi natijalaridan mamnun ekanini ta'kidladi.
Mehmon Özbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiya qiliş, fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş va davlat boşqaruvini takomillaştiriş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarni yuksak baholadi.
AQŞning mamlakatlarimiz örtasidagi köp qirrali şeriklikni yanada mustahkamlaş va kengaytiriş borasidagi intilişi qat'iy ekani ta'kidlandi.













