Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan xodimlarning mehnat huquqlari qöpol ravişda buzilgan holatlar aniqlanib, bartaraf etilmoqda, deb xabar beradi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi.
Masalan, Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 237-moddasiga muvofiq homilador ayollar bilan tuzilgan mehnat şartnomasini iş beruvçining taşabbusiga köra bekor qiliş taqiqlangan bölsa-da, I.Irgaşev nomli Toşkent şahar 4-son klinik şifoxonasi boş şifokorining 2019 yil 26 yanvardagi 25-sonli buyruğiga asosan uşbu şifoxonaning bolalar reanimatsiya bölimi örindoş şifokori S.O. bilan tuzilgan mehnat şartnomasi iş beruvçining taşabbusi bilan Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinçi qismi 5-bandiga köra bekor qilingan. Xodimning vazirlikka murojaatini örganiş jarayonida Toşkent viloyati Zangiota tuman tibbiyot birlaşmasi 16-son qişloq oilaviy poliklinikasining bergan ma'lumotnomasi bilan S.O.ning homilador ekanligi fakti öz tasdiğini topdi.
Şunga köra, Soğliqni saqlaş vazirining tegişli buyruğiga asosan I.Irgaşev nomli Toşkent şahar 4-son klinik şifoxonasi boş şifokorining amaldagi qonun hujjatlariga zid ravişda çiqarilgan buyruği bekor qilinib, vraç S.O. avvalgi işiga tiklandi hamda majburiy progul vaqti uçun haq tölab berilişi belgilandi.
Bundan taşqari, xodimning mehnat huquqlarini qöpol ravişda buzgan boş şifokorga nisbatan intizomiy jazo çorasi qöllaş masalasini qonunda belgilangan tartibda hal etiş Toşkent şahar soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği zimmasiga yuklatildi.
Şuningdek, yana bir holat. Şahrisabz tuman tibbiyot birlaşmasi boşliğining 2019 yil 24 yanvardagi 7t-sonli buyruğiga asosan tuğruqxona bölimi mudiri Bahrom Kuçarov iş beruvçining taşabbusi bilan vaqtinça şoşilinç tez yordam bölimiga şifokor vazifasiga ötkazilgan. Bunda iş beruvçi tomonidan xodimdan rozilik olinmagan. Vaholanki, Mehnat kodeksining 93-moddasiga köra, vaqtinça boşqa işga ötkazişga xodim bilan iş beruvçi örtasidagi kelişuv bölgan taqdirdagina yöl qöyiladi. Mazkur holatda xam Soğliqni saqlaş vazirining tegişli buyruği bilan Bahrom Kuçarov avvalgi işiga tiklanişi taminlanib, xodimning huquqlari töliq tiklandi.
Şahrisabz tuman tibbiyot birlaşmasi boşliğiga nisbatan esa vazir buyruği bilan Mehnat kodeksiga muvofiq örtaça oylik iş haqining öttiz foizi miqdorida jarima intizomiy jazo çorasi qöllanildi. Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan nafaqat aholiga sifatli tibbiy yordam körsatiş, balki öz xodimlarining huquqlarini har qanday buzilişlardan himoya qiliş, ularni turli tajovuzlardan asraş uçun bundan keyin ham barça qonun yöl qöyadigan usullardan foydalaniladi.












