Aftidan Ilon Maskka hamma narsa mumkin — buyoqdan tvit yozib, u yoqdan avtomobillarni kosmosga yöllaş, bu orada esa Tesla aksiyalari narxi kötariladi va pasayadi, SpaceX raketalari parvoz qiladi va qönadi. Bu kompaniyalar heç qaçon bozorni tark etmaydi, çunki ularni eng yirik investorlar qöllab-quvvatlaydi, deyiladi vc.ru'da. 

Janob Maskning faoliyati şu qadar xilma-xilki, uning loyihalariga oid rasmiy ma'lumotlarning barçasini bir vaqtning özida eslaşning imkoni yöq. U 2021 yilga borib töliq haydovçisiz avtomobilni taqdim etadi, Marsga köçib ötiş qançaga tuşişiga oid hisob-kitobi bilan bölişadi, "kompyuter-inson" neyrointerfeysi işlanmasini işga tuşiradi, Oyga raketa uçirişga va Los-Anjyeles ostidan yöl oçişga va'da beradi. Şu bilan birga, jonli efirdagi tok-şouda ajoyib çiqişlar qiladi, biryöla beş uyni ipotekaga oladi va umuman, Ilon Mask — ğaroyib inson. 

Şuni ta'kidlaş joizki, Maskning omma oldidagi barça çiqişlari kuçli jamoa faoliyati natijasidir. Mask AQŞ hukumati jamoasida, zero AQŞ hukumati NASA bilan hamkorlik qiladi, u esa Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi bilan deyarli 6 milliard dollarlik şartnoma imzolagan. 

Tesla kompaniyasining eng yirik aksiyadorlari safidan  Vanguard Group xususiy investitsiya kompaniyasi (6 trillion dollar aktivga ega), BlackRock (6,8 trillion dollar aktiv), State Street Corporation (2,8 trillion dollar aktiv) va yana qator juda jiddiy taşkilotlar örin olgan. 

Ularning bari nimalargadir asoslanib Maskning loyihalariga investitsiya kiritiş zarur deb hisoblaşadi, ularning summasi Apple korporatsiyasiga kiritilgan sarmoyalar bilan bir xil. 

Trillionlab dollarlik tuzilmalar asosida aynan qanday strategiya yotişini oddiy odam tuşunişi qiyin, albatta. Biroq soğlom fikrga tayanadigan bölsak, u moliyaviy bozor gigantlarining Mask faoliyatiga nisbatan öz rejalari borligiga işora qiladi. 

Mask har doim futuristik işlarga qöl uruvçi rolini bajarişi va uning faoliyati hamişa omadli keçişiga kafolat yöq. Masalan, uning avtomobillar uçun tunnellar va qandaydir Hyperloop'lar bilan boğliq ğoyalari juda ğalati, ammo odamlarga qiziq!

SpaceX va Tesla juda yaxşi işlamoqda. SpaceX institutsional investorlarga kerak, zero kosmik parvozlar bozorida nihoyat normal raqobat yuzaga kelmoqda, bu esa investitsiyalar uçun yangi maydon oçilganidan dalolat beradi. Tesla har qanday xato va kamçiliklarga qaramay bugunga kelib noyob bilimlar bazasini töplay oldi, ya'ni odamzot elektromobillarni qanday yaratiş va ularni mavjud transport infratuzilmasiga tatbiq qiliş mumkinligiga oid bilimga ega böldi.