Tojikistonda 27 yoşli Muhayyo Yoqubova öz farzandining soğliğiga jiddiy zarar yetkazganligi uçun 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Hukm 26 fevral kuni Rudakiy tuman sudida çiqarildi.
Rudakiy tumanidagi Sarikişti qişloğida yaşovçi Muhayyo Yoqubova öğlining tanasiga 10 ta metall ignani atayin tiqqan, buning natijasida bola jiddiy zarar kördi, deya xabar berişgan «AP» suddan. Ammo, ular onani bunday şafqatsiz xatti-harakatni amalga oşirişga nima undagani böyiça ma'lumot bermagan.

«Tojikiston Jinoyat kodeksining 110-moddasi (Soğliqqa qasddan oğir şikast yetkaziş) böyiça ayol aybdor deb topildi. Hukm kuçga kirgunga qadar u ozodlikda böladi: ayol 10 kun içida sud qarori böyiça şikoyat bilan çiqişi mumkin», - deya ta'kidlab ötişgan sudda.

Şu bilan birga, Muhayyo Yoqubova özini aybdor deb hisoblamayapti. «Ozodlik» radiosi bilan suhbatda u çaqaloqqa ignalarni tiqmagani va heç qaçon bunday qilmasligi haqida aytgan.
Ayol 2018 yil iyul oyida öz farzandi soğliğiga jiddiy zarar yetkazganlikda gumonlanib qölga olingan. Avvaliga, u Rossiyada işlayotgan erini qaytariş uçun şu işni qilganini aytdi. Keyinçalik buni rad etdi va militsiya xodimlari tahdidi ostida tan olganini bildirdi.
Iyun oyi oxirida 9 oylik Mudassirning yaqinlari tanasida igna borligi payqab qolişgan hamda şifokorlarga murojaat qilişgan. U Milliy tibbiyot markaziga olib ketildi, şifokorlar esa IIVga uşbu holat haqida xabar berişdi.
Rentgen orqali tekşiruvda bolaning boşi, burnining ostki qismi, oyoqlari, böyni, kökrak qafasi va boşqa a'zolarida ignalar borligi aniqlangan.
Ayrim ignalar tananing içiga çuqurlab ketgani oqibatida şifokorlar çaqaloqni qayta operatsiya qilişlariga töğri kelgan. Şifokorlar öşanda bu ignalar bola tanasida kamida uç oydan beri mavjudligini aytgan edilar.












