Venesuela va Kolumbiya çegarasida 23 fevralda yoqib yuborilgan gumanitar yuk ortilgan yuk maşinalarida nafaqat oziq-ovqat va dori-darmon, balki barrikadalar yaratiş uçun anjomlar bölgan. Bu haqda Venesuela taşqi işlar vaziri Xorxe Arreasa BMT Xavfsizlik kengaşidagi nutqida aytib ötdi.

23 fevralda muxolifat Venesuelaga gumanitar yukni yetkazişga uringan. Biroq Kolumbiya bilan çegarada u yerdan kelayotgan bir neçta yuk maşinasi yoqib yuborilgan.   

Arreasaning aytişiça, yuk maşinalar Molotov kokteyli yordamida Kolumbiya tomonida bölganlar tomondan yoqib yuborilgan.

“Bilasizmi nima? Yuk maşina közdan keçirilganda, unda nafaqat oziq-ovqat va dori-darmon, balki radikal muxolifat qöllaşga odatlangan, barikkadalar hosil qiliş uçun anjomlar, sim, tösiqlar, mixlar topilgan”, deb aytgan vazir.

Venesuela vakilining ta'kidlaşiça, mamlakat qurolli kuçlari qurol qöllamagan, u faqat közni yoşlatuvçi gaz qöllagan.

Arreasaning aytişiça, çegarada yaralanganlarning köpçiligi xavfsizlik xizmati xodimlari, askarlar va politsiyaçilardir.

Şuningdek, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Kolumbiya va muxolifatni 23 fevralda çegarada harakat qilgan maxsus tödalarni taşkil etişda aybladi.  

“23 fevralda çegaraga hujum qiliş uçun kolumbiyalik jinoyatçilar, qurolli tuzilmalar va venesuelalik jinoyatçilardan tödalar taşkil etildi. Biroq ular çegaradan öta olmadilar va öta olmaydilar ham. Venesueladan qölingizni torting, suverenitetimiz va hududimiz hurmat qilinişini talab qilamiz”, deb aytgan Maduro. 

Uning ta'kidlaşiça, Kolumbiyada yollangan jinoyatçilar çegaradagi Kukuta şahriga turli joylardan kelgan. “Ulardan biridan qayerdan kelganini söraşganda, Kukutadan ming kilometr olisdagi Medelindan kelganini aytgan”, deb ta'kidlab ötgan Maduro.

“Bu jinoyatçidan Kukutadagi köprikda intervyu olingan. U Venesuelaga birinçi marta kelayotgani va u yerga hukumatni qöporiş uçun ketayotganini aytgan. Şuningdek, muxolifat yollagan venesuelalik jinoyatçilar suratlari ham e'lon qilingan”, deb qöşimça qilgan Venesuela prezidenti.