O‘zbekiston | 15:05 / 28.02.2019
6475
1 daqiqa o‘qiladi

2019 yil O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro anjumanlar rejasi tasdiqlandi

Foto: 123RF

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 133-f-sonli farmoyishi bilan 2019 yilda mamlakatimizda o‘tkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy hamda ilmiy-texnik anjumanlar rejasi tasdiqlandi.  

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga qaraganda, 2019 yilda:

137 ta xalqaro;

291 ta respublika miqyosida;

jami 428 ta ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar o‘tkaziladi.

Hukumat farmoyishi bilan anjumanlarni yuqori ilmiy va texnik saviyada o‘tkazish, xalqaro anjumanlarda sohaning nufuzli xorijlik mutaxassislarini, shuningdek, xorijda istiqomat qilayotgan vatandosh olimlarni jalb qilish hamda har bir anjuman yakuni bo‘yicha qabul qilingan tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish choralarini ko‘rish belgilangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid