Xorijga çiqiş pasporti va stiker birgalikda amalda teng qöllanilmaydi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi bölim boşliği, podpolkovnik Sanjar Qosimov Kun.uz'ga ma'lum qildi.

Qosimovning ta'kidlaşiça, Özbekiston fuqarolari uçun xorijga çiqiş pasporti va muddati ötmagan xorijga çiqiş ruxsatnomasi yozuvlari qayd etilgan 2 yillik stiker bilan çet elga çiqiş mumkin emas.
«Yangi turdagi pasportni olgan şaxsning stikeri amal qiliş muddati ötmagan bölsa ham “bekor qilindi” muhri bosiladi. Şu tufayli, amalda ikki hujjat bilan harakatlaniş mumkin emas», – deydi u.
Qosimov ayrim hollarda xorijga çiqiş pasportini rad etiş holatlariga izoh berdi.
«Uzoq muddatga Özbekiston hududini tark etayotgan fuqarolargagina öz vaqtida heç qanday çeklovlarsiz pasport olişlariga şaroit yaratib berilyapti.
Boşqa hollarda esa rad etilyapti, çunki ariza topşiruvçilar nihoyatda köp. Içki tartib böyiça ruxsat beriş stikeri muddati tugaşiga 6 oy qolgandagina xorijga çiqiş pasportini oliş mumkin», – deydi u.
2019 yil 1 yanvaridan boşlab Özbekistonda xorijga çiqiş uçun 2 yillik OVIR stikerlari beriş töxtatilgandi. Buning örniga 10 yil muddatga amal qiluvçi xorijga çiqiş pasporti beriladi. Uşbu pasportini oliş uçun tölanadigan davlat boji eng kam iş haqining 120 foizini taşkil qiladi (243 276 söm). 16 yoşga tölmagan şaxslarga xorijga çiqiş pasportini beriş uçun tölanadigan davlat boji eng kam iş haqining 80 foizini taşkil qiladi (162 184 söm).
Özbekiston Respublikasida doimiy yaşaydigan fuqaroligi yöq şaxslarga, şuningdek, 16 yoşga tölmagan şaxslarga xorijga çiqiş pasportini beriş uçun tölanadigan davlat boji eng kam iş haqining 100 foizini taşkil qiladi (202 730 söm).











