Butunjahon mobil kongress - dunyoning turli mamlakatlaridan taşrif buyuradigan AKT sanoati vakillariga öz eşigini oçadigan yildagi eng yirik tadbirlardan biri hisoblanadi. An'anaga köra mazkur tadbir jami maydoni 57 ming kvadrat metrga teng bölgan Fira Barselona körgazma majmuasining pavilonlarida bölib ötadi. Bu yilgi MWC-2019 körgazmasida jahonning turli davlatlaridan kelgan 2400 dan ortiq kompaniyalar iştirok etmoqda, unga taşrif buyurgan mehmonlarning soni esa 100 ming nafarga yetdi.

Joriy yildagi tadbir “Intellektual aloqa“ mavzusiga bağişlangan bölib, unda moslaşuvçan, yuqori tezlikdagi 5G tarmoqlar, internet buyumlar (IoT), sun'iy intellekt (AI) va yirik hajmdagi ma'lumotlar uyğunligi jamlangan.

Huawei kompaniyasi mobil kongressning doimiy iştirokçisi hisoblanadi va uşbu tadbir doirasidagi körgazmada öz yeçimlari va mahsulotlarini taqdim qiladi. “Hozirgi kunda Huawei kompaniyasi 5G texnologiyalar, sun'iy intellekt, bulutli hisoblaş va data-markazlarni işlab çiqiş sohalarida öz yetakçiligini körsatmoqda. MWC körgazmasida telekom va IT kompaniyalarning samaradorligini oşiriş va iş sifatini kuçaytirişga yordam beradigan xitoylik gigantning eng yangi yeçimlari va mahsulotlari taqdim qilindi.

Huawei mamnuniyat bilan bu boradagi tajribasini örtoqlaşadi va öz texnologiyalarini boşqa mamlakatlarga joriy qiliş masalasini oçiq muhokama qilişga taklif qiladi. Umid qilamizki, bizning tajribali mutaxassislarimiz kömagida biz Özbekiston hukumatiga AKT infratuzilmasini rivojlantirişga va mamlakatning xalqaro bozordagi pozitsiyasini kuçaytirişga yordam bera olamiz”, - deb ta'kidladi janob Forrest Lyu, Huawei kompaniyasining  Özbekistondagi direktori.

Butunjahon mobil kongressi doirasida taqdim etilgan yangi texnologiyalar orasidan transport tarmoqlarini qurişga xizmat qiladigan 5G standartiga möljallangan integratsiyalaşgan yeçim ham mavjud. Yangi işlanma barça servislarni qöllab-quvvatlaydigan transport tarmoqlarini qurişga yordam beradi, bu esa öz navbatida mobil operatorlarga soddalaştirilgan bu kabi tarmoqlar hamda tezkor yölga qöyiş jarayoni orqali 5G texnologiyalari taraqqiyotini tezlatişga imkoniyat yaratadi.Ayni vaqtgaça Huawei kompaniyasi transport sohasida 5G standartining tijoriy tatbiq qilinişiga doir 40 dan ziyod tenderda ğolib bölgan.

Şu bilan birga, tadbir davomida Huawei ma'lumotlar qayta işlanadigan markazlar uçun yangi avloddagi konvergent taqsimlangan saqlagiç - FusionStorage 8.0 texnologiyasini ham ommaga taniştirdi.Yangi yeçim „Bitta MQIM - bitta saqlagiç“ tamoyiliga asoslanadi va turli jabhalardagi mijozlarga, jumladan, telekommunikatsiya va moliya sohasida faoliyat yuritadigan kompaniyalarga osonlik bilan bulut texnologiyasiga ötişga kömaklaşadi.