Hindiston boş vaziri Narendra Modi Nyu-Dehlida yodgorlik majmuasining oçiliş marosimida avvalgi hukumatlar, jumladan Gandi oilasini milliy xavfsizlik tamoyillariga beparvolik qilib, pul yoki pora oliş uçun mudofaa bitimlarini amalga oşirganlikda aybladi. 

“Endi bu odamlar hukumatimizni “Rafal” qiruvçi samolyotlari işi böyiça pora olganlikda ayblaşga urinmoqda”, deb qöşimça qilgan siyosatçi.

Hindistonning “Jagran” axborot agentligi ma'lumotiga köra, Modi Hindiston milliy kongressining avvalgi rahbariyatlarini Hindiston olib borgan turli uruşlar qurbonlariga tegişli ravişda hurmat bajo keltirmaganlik va e'tiborsizlik qilganlikda ayblagan.   

“Ular buni ularning fikriça, bundan heç qanday naf olmaganliklari uçun qilmaganlar”, deb qöşimça qilgan Hindiston boş vaziri.