Hindiston va Pokiston çegarasida joylaşgan Kaşmir hududidagi vaziyatning keskinlaşişi sababli Dehli şahri metrosida xavfsizlikning “qizil” darajasi joriy etildi. Bu haqda metropoliten vakiliga tayanib Hindu naşri xabar berdi.
Vakilning sözlariga köra, qizil darajadagi xavfsizlikning joriy etilişi barça nazoratçilar barça bekatlarda har qanday şubhali buyum yoki harakatni nazorat qilişi va har ikki soatda dispetçerlik markaziga ma'lum qilişi kerakligini anglatadi.
Avvalroq Pokiston asirga olingan hind uçuvçisini ozod qilişga tayyorligini bildirgandi.
Hindiston 27 fevralda Pokistonga qaraşli qiruvçi samolyotni, Pokiston esa ikkita hind qiruvçi samolyotini urib tuşirganini ma'lum qilgan. Pokiston tomonining ta'kidlaşiça, urib tuşirilgan samolyotlardan birining uçuvçisi asirga olingan.
Hindiston talqini böyiça, Kaşmir ustida Pokiston harbiy-havo kuçlarining qiruvçi samolyoti urib tuşirilgan. Hindiston uşbu havo jangida MiG-21 samolyotini yöqotgan, uning uçuvçisini esa bedarak yöqolgan deb hisoblamoqda.
Hindiston va Pokiston örtasidagi munosabatlar 14 fevralda xudkuş Hindistonning Jammu va Kaşmir ştatida politsiya kolonnasi oldida özini portlatgandan keyin keskinlaşdi. Hujum uçun javobgarlikni “Jayişi Muhammad” guruhi öz zimmasiga olgan.













