Bugun, 28 fevral kuni Toşkentning «Lokomotiv» klubi yangi mavsum oldidan öz safiga qöşib olgan futbolçilarining taniştiruv marosimini ötkazdi. Unda jamoaning yangi a'zolari bilan birga klub boş direktori örinbosari Tölabek Akromov va boş murabbiy Andrey Fyodorov iştirok etdi, deb xabar bermoqda Tribuna.uz muxbiri.

«Klubimiz mavsumni Superkubokdagi ğalaba bilan boşladi. Bundan buyoğiga ham zafarli odimlarimiz davom etadi, deb öylayman.

Maqsadlarimiz özgarmagan. Bu yil ham çempionlikni saqlab qoliş, Özbekiston kubogi hamda Osiyo Çempionlar ligasida imkon qadar uzoqroqqa borişni maqsad qilganmiz», – dedi tadbirning kiriş qismida Tölabek Akromov.

Akromovning ma'lum qilişiça, uşbu yangi futbolçilarning deyarli barçasi bilan bir yillik şartnomalar imzolangan. Faqatgina yoş futbolçi Avazbek Ölmasaliyev va darvozabon Javohir Ilyosov bilan uç yillik bitimlar tuzilgan.

«Yangi futbolçilarimiz jamoaga yangi qon olib kirişadi, ularning yordamida olğa qadam taşlaşda davom etamiz, deb umid qilaman. Ular safimizga qöşilişganiga uç hafta bölgan bölsa-da, bugun rasmiy taniştiruv marosimida men ularga: «Oilamizga xuş kelibsizlar», demoqçiman.

«Lokomotiv» – katta oila. Bu yerda «men» tuşunçasi yöq, faqat «biz» sözini işlatamiz», – dedi Andrey Fyodorov.

«Temiryölçilar» OÇLda Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod», BAAning «Al-Vahda» va Qatarning «Ar-Rayyan» klublari bilan bir guruhdan örin olgan. Uşbu raqiblar töğrisida fikr bildirar ekan, Tölabek Akromov, jumladan, şunday dedi:

«Raqiblarimiz – bizga taniş jamoalar. «Al-Vahda» bilan ötgan yili ham bir guruhda bölgandik. Ötgan mavsumlardan birida «Al-Ittihod» bilan ham bitta guruhga tuşganmiz. Qatarning «Ar-Rayyan» klubi bilan esa birinçi marta töqnaş kelamiz.

Koptok dumaloq, maydon tekis, deyişadi. Ammo jismoniy va öyin jihatdan ularning heç qaysisidan qolişmaymiz. Öyinlarda yaxşiroq ruhiy tayyorgarlikka ega jamoa ğalaba qozonadi, deb öylayman. Bu yil guruhdan çiqib, muxlislarimizni xursand qilmoqçimiz», – deydi «Loko» boş direktori örinbosari