Misr şimolidagi Al-Alamayn tumanida temir yöldan ötiş joyida kiçik yuk maşinasi va poyezd töqnaşişi oqibatida bir kişi halok böldi va 6 kişi jarohat oldi. Bu haqda “Al-Vatan” naşrining elektron versiyasi xabar berdi.
Voqea Örta yer dengizi böylab ötuvçi Iskandariya-Matrux yönalişida yuz bergan.
Avvalroq 27 fevralda Kohiraning markaziy vokzali Ramzesda lokomotiv katta tezlikda platformaga urilgan. Töqnaşuv va undan keyin çiqqan yonğin oqibatida 20 kişi halok bölgan, 50 kişi jabrlangan. Jarohatlanganlarning köpçiligi oğir ahvolda.
Voqeadan keyin Misr transport vaziri Hişam Arafot iste'foga çiqdi.












