Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida”gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi joylaştirildi.
Normativ-huquqiy hujjat uşbu Qonunga muvofiq qabul qilingan, umum majburiy davlat körsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilaşga, özgartirişga yoki bekor qilişga qaratilgan rasmiy hujjatdir. Normativ-huquqiy hujjatlar qonun hujjatlaridir va ular Özbekiston Respublikasining qonun hujjatlari majmuini taşkil qiladi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, Özbekiston Respublikasining Prezidenti, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qömitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiliş huquqiga ega bölgan organlar yoki mansabdor şaxslar hisoblanadi.
Norma ijodkorligi faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardir:
qonuniylik;
xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan prinsiplari va qoidalari ustunligi;
jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat va davlat manfaatlari himoya qiliş prinsipi;
oşkoralik;
ilmiylik;
ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solişning tizimliligi va töliqligi;
huquqiy tartibga solişning adekvatligi prinsipi;
ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solişda barqarorlik.
Norma ijodkorligi faoliyati normativ-huquqiy hujjatlarning qat'iy iyerarxiyasini ta'minlaş, normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiliş huquqiga ega bölgan organlar va mansabdor şaxslar vakolatini hisobga oliş orqali amalga oşiriladi.
Norma ijodkorligi faoliyati Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, uşbu qonun va boşqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oşirilişi kerak.
Norma ijodkorligi faoliyati xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan prinsiplari va qoidalari ustunligini tan olişga asoslanadi.
Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiliş huquqiga ega bölgan organlar va mansabdor şaxslar normativ-huquqiy hujjatlarni işlab çiqilişini ilgari suriş, rejalaştiriş, tayyorlaş, qabul qiliş va ijrosini ta'minlaşda jismoniy va yuridik şaxslar, şu jumladan, fuqarolik jamiyati institutlarining fikrlarini inobatga oladi, ijtimoiy adolatni ta'minlaş va barqaror rivojlanişga erişiş maqsadida ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalga oşirilişini va himoya qilinişini kafolatlaydi.












