Pokiston hukumati Hindistonga haftada ikki bor qatnaydigan Samjhota Express poyezdi harakatini noma'lum muddatga töxtatdi. Bu haqda Pokiston TIVga tayanib Doon gazetasi xabar berdi.
Pokiston taşqi siyosat mahkamasining bayonotida aytilişiça, "Duşanba va payşanba kunlari Lohur (Pokiston) va Attari (Hindiston) şaharlari örtasida qatnovçi poyezd harakati xavfsizlik bilan boğliq vaziyat barqarorlaşişi bilan qayta yölga qöyiladi".
Pokiston va Hindiston örtasidagi vaziyat keskinligiça qolmoqda. The Times of India naşrining xabar berişiça, Hindiston Jammu va Kaşmir ştatidagi harbiy garnizonlariga yonilği töldirilgan 500ta avtosisterna jönatgan. Yonilği harbiy texnika va samolyotlar uçun möljallangan.
Hindiston va Pokiston örtasidagi munosabatlar 14 fevralda xudkuş Hindistonning Jammu va Kaşmir ştatida politsiya kolonnasi oldida özini portlatgandan keyin keskinlaşdi. Hujum uçun javobgarlikni “Jayişi Muhammad” guruhi öz zimmasiga olgan.
Terakt oqibatida 45 kişi halok bölgan. Şundan keyin Hindiston Pokistonni terrorçilik tuzilmalarini qöllab-quvvatlaşda ayblagan. Islomobod bu ayblovlarni “asossiz” deb rad etgan va Nyu-Dehliga teraktni birgalikda tergov qilişni taklif qilgan.













