Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati yalpi majlis yiğilişida «Özbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlaş töğrisida»gi qonunni muhokama etib, ma'qulladi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Senat yiğilişida mamlakat saylov masalasida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan taşqari yana 5ta qonun qabul qilingani alohida ta'kidlandi.

Ma'lum qilinişiça, saylov qonunçiligining tarqoq holda bölganligi huquqni qöllaş amaliyotida bir qator murakkabliklar tuğdiradi, fuqarolar tomonidan ularni özlaştirişni qiyinlaştiradi. Qonun normalari orasidagi asossiz takrorlanişlarga sabab böladi.

Endilikda Ekologik harakat vakillari uçun Qonunçilik palatasida deputatlar örinlarini kvotalaş instituti çiqarib taşlanadi, bunda Qonunçilik palatasidagi deputatlar örinlarining umumiy soni (150ta örin) saqlab qolinadi.

Şuningdek, Saylov kodeksida katta ijtimoiy xavfi bölmagan jinoyatlar va unça oğir bölmagan jinoyat sodir etganligi uçun ozodlikdan mahrum etilgan joylarda saqlanayotgan şaxslarning saylovda iştirok etişi böyiça çeklovlar olib taşlanmoqda.

Bundan taşqari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari tomonidan xalq deputatlari tuman (şahar) kengaşlariga nomzodlar körsatiş tartibi bekor qilinadi. Şu tariqa siyosiy partiyalar xalq deputatlar viloyat, tuman va şahar kengaşlariga nomzod körsatişlarda mutlaq huquqiga ega böladi.