27 fevral kuni Pokiston harbiylari Hindiston harbiy-havo kuçlarining ikkita qiruvçi samolyoti urib tuşirilganini ma'lum qildi. Pokiston Qurolli kuçlari vakili Asir Ğofurning sözlariga köra, hind samolyotlari mamlakat havo kengligiga kirgaç hujumga uçragan.

Bungaça Pokiston boş vaziri Imron Xon pokistonlik harbiylar Kaşmirdagi hindlar nazoratida bölgan Badgam okrugidagi obektlarga 6 marta zarba berganini tasdiqlagandi.

Pokistonlik harbiylar MiG-21 qulagan joyda
Foto: AFP

Asir Ğofurning aytişiça, samolyotlardan biri Kaşmirning Hindiston qismiga qulagan, ikkinçisi esa Pokiston tarafga. Uçuvçilar katapulta qilişga ulgurgan va ulardan biri yerga tuşişi bilan Pokiston politsiyasi tomonidan qölga olingan.

Uçuvçining asir olinişi
Foto: Defence blog

Brifing vaqtida u isbot sifatida hind uçuvçilaridan olingan hujjatlar va qurollarni taqdim etdi. Aynan qanday rusumdagi samolyotlar urib tuşirilganiga aniqlik kiritilmadi. Keyinroq Asir Ğofur ikki uçuvçi qölga olingani, biri şifoxonaga yotqizilgani, ikkinçisi qamoqdaligini ma'lum qildi.

Özini hind uçuvçisi deb atagan Abdinandan
PAKISTAN INFORMATION MINISTRY

Pokiston Axborot vazirligi avvaliga közi boğlangan, yuzi qontalaş bölgan odam öz familiyasi va lavozimini aytgani, u Hindiston Harbiy-havo kuçlari bölimi qömondoni Abdinandan ekani ma'lum qilindi. Keyinroq bu video öçirib yuborildi.

Hindistonning javobi

Hindistonlik harbiylar Jammu va Kaşmirda Pokiston samolyoti urib tuşirilgan joyda
Foto: epa/vostock-photo

Keyinroq rasmiy Dehli bir harbiy samolyot yöqotilganini tasdiqladi. Mamlakat Taşqi işlar vazirligi xabariga köra, Kaşmirda MiG-21 rusumli qiruvçi samolyot urib tuşirilgan. Xabarda qayd etilişiça, bu samolyot Pokiston tomoni hujumini qaytariş çoğida halokatga uçragan.