Urgut tuman Tibbiyot birlaşmasi markaziy şifoxonasiga 2019 yil 22 fevral kuni soat 22:10 dan 23 fevral kuni soat 12:00 ga qadar Urgut tuman Urgut şaharçasi Katta Torinjak mahallasidagi xonadonlardan birida yaşovçi 8 nafar fuqaro “Botulizm” kasalligi taşxisi bilan yotqizilgan.
Respublika Davlat sanitariya- epidemiologiya nazorati markazi xabariga köra, ötkazilgan dastlabki epidemiologik tekşiruv natijalarida aniqlanişiça, bemorlar 2019 yil 21 fevral kuni keçki soat 18:00larda öz xonadonlarida uy şaroitida tayyorlangan 3 litrli şişa idişdagi pomidor şarbatli bodring konservasini oçib, oş bilan iste'mol qilişgan.
Dastlab, 2019 yil 22 fevral kuni soat 22:10da 2003 yilda tuğilgan bemor şaxsiy maşinada şifoxonaga olib kelingan, şifokor körigidan ötkazilgandan söng, köngil ayniş, holsizlik, köz oldi xiralaşuvi, qovoqlar osilişi kabi kasallik belgilari bilan şifoxonaning reanimatsiya bölimiga yotqizilgan, söngra qolgan bemorlar ham şifoxonaga olib kelingan.
Bemorlarga tegişli davolaş muolajalari ötkazilgan, laboratoriyada tekşiriş uçun biomateriallar olingan. Ötkazilgan davolaş işlariga qaramasdan 2 nafar bemor (1949 yilda tuğilgan va 2003 yilda tuğilgan) vafot etgan. Qolgan 6 nafar bemorlar davolanmoqda.
Zaharlaniş kelib çiqişiga xonadon egalari tomonidan tayyorlangan, botulizm qözğatuvçilari bilan zararlangan pomidor şarbatli bodring konservasi sabab bölgan.
Qayd etilgan holat yuzasidan tibbiyot xodimlari tomonidan Katta Torinjak mahallasidagi 1154 ta xonadon örganilgan, 4877 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvdan ötkazilgan. Xonadonlarda aniqlangan 644 litr uy şaroitida tayyorlangan turli xil sabzavotli konservalar aniqlanib, tökib taşlaş yöli bilan yöq qilingan. Xonadonda konserva mahsulotlari tayyorlamaslik haqida hamda uy şaroitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini sotib olib iste'mol qiliş inson hayoti va soğligi uçun xavfli ekanligi töğrisida tuşuntiriş işlari ötkazilmoqda.
Botulizmga çalinmaslik uçun har bir inson quyidagilarni amal qilişi kerak:
uy şaroitida pomidor, bodring, patisson marinadi, baqlajon ikralari kabi konserva mahsulotlarini tayyorlamaslik;
belgilanmagan joylar, köça-kuylarda sotilayotgan konserva mahsulotlarini xarid qilmaslik;
dökonlardan konserva mahsulotlarini xarid qiliş jarayonida mahsulot yorliği va unda keltirib ötilgan işlab çiqaruvçi korxona nomi, işlab çiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddatiga alohida e'tibor beriş.
Samarqandda bir oila tuzlamadan zaharlandi: 16 yoşli öspirin vafot etdi











