2019 yil 23 fevral kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi R.S. (ayol) uyida kechki ovqat vaqtida, oila a'zolari bilan birgalikda uy sharoitida tayyorlangan pomidor va bodring mahsulotlaridan tayyorlangan salatni iste'mol qilib, oilaviy zaharlanganlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada ular kasalxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 16 yoshli nabirasi D.D. vafot etgan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.