2019 yilgi investitsiya dasturi asosida barça manbalar hisobidan 112,2 trln. sömlikdan ziyod yoki 2018 yilga nisbatan 16 foiz köp investitsiyalarni özlaştiriş möljallanmoqda, deb xabar bermoqda Senat yalpi majlisida iştirok etayotgan Kun.uz muxbiri.

28 fevral kuni öz işini boşlagan Oliy Majlis Senatining XVIII-yalpi majlisida mazkur kapital qöyilmalarining 34 trln. sömlikdan köproği töğridan-töğri xorijiy investitsiya ekanligi ma'lum qilindi.

Senat raisi Niğmatilla Yöldoşevning ta'kidlaşiça, 2019 yilning «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili» deb nomlanişi zamirida ham ana şu vazifa bajarilişini sözsiz ta'minlaş maqsadi yotibdi.

«Qolaversa, mamlakatimiz yil boşidayoq uşbu yönalişdagi olamşumul yutuqqa erişib, özining moliyaviy tarixidagi yangi sahifasini oçdi: 13 fevral kuni Özbekiston ilk bor1 mlrd. dollarlik davlat obligatsiyalarini London fond birjasiga muvaffaqiyatli joylaştirdi. Natijada mamlakatimizning davlat xalqaro yevrobondlariga talab 8 mlrd. dollardan oşib ketdi», - deb fikr bildirdi rais.

Eslatib ötamiz, 2019-2021 yillar davomida Özbekistonda umumiy qiymati 1,5 mlrd. dollarga teng 800ga yaqin loyihalar amalga oşirilişi kutilmoqda. Davlat rahbari 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatda investitsiya kiritiş uçun eng qulay şaroitlar yaratişga qaratilgan, investitsiya faoliyati sohasidagi unifikatsiya qilingan qonun hujjati loyihasini işlab çiqiş va kiritiş vazifasini topşirgandi.

Şunga monand, Özbekistonda «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati töğrisida»gi qonun işlab çiqildi.