28 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XVIII-yalpi majlisi öz işini boşladi.

Kun.uz muxbiri xabar berişiça, Senat yalpi majlisi kun tartibida «Özbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlaş töğrisida»gi, «Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlaş töğrisida»gi, «Jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi şaxslar ustidan ma'muriy nazorat töğrisida»gi, «Hukumatni şakllantiriş tartibi demokratlaştirilişi va uning mas'uliyati kuçaytirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi va bir qator boşqa qonunlarni körib çiqiş, masalalarni örganiş belgilangan.

Senat XVIII-yalpi majlisi kun tartibiga 23ta turli masala belgilangan bölib, Adliya vazirining 2018 yilda huquqiy tarğibot va ma'rifatning holati haqidagi axboroti hamda Qaşqadaryo viloyati hokimining hududlarni rivojlantiriş hamda xalq deputatlari mahalliy Kengaşlari faoliyati haqidagi hisoboti tinglanişi rejalaştirilgan.

Şuningdek, Oliy Majlisi Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman)ning 2018 yildagi faoliyati töğrisidagi hisoboti ham eşitiladi.

Senatorlar uşbu yalpi majlis işida hukumatga turli 3ta masalada parlament sörovini yuborişni rejalaştirgan.