O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev boshchiligidagi delegatsiya ishchi tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasi (XXR)da bo‘lib turibdi. Tashrifdan XXR bilan hamkorlikda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlardan birida turuvchi Xitoy tajribasini O‘zbekistonda tatbiq etish, mazkur yo‘nalishda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, xususan, birgalikda mutaxassislar tayyorlash tizimini shakllantirish kabi qator maqsadlar ko‘zlangan.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

O‘zbekiston va Xitoy sporti mutasaddilarining bu galgi uchrashuvi dunyoning eng katta o‘nta shahridan biri bo‘lgan Shanxaydan (aholisi 21,4 mln kishi) boshlandi. Dastlab Shanxay munitsipal hukumati vitse-meri janob Chen Tsyun va mamlakatimiz delegatsiyasi rahbari – Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev boshchiligida tomonlar ommaviy, ya'ni barcha aholi uchun mo‘ljallangan mahalliy sport majmuasi hamda sport maktabini ko‘zdan kechirishdi.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Uchrashuv davomida sport sohasida o‘zaro tajriba almashish, yurtimizda Shanxay sport universiteti bilan hamkorlik dasturi asosida sport turlari bo‘yicha o‘zbekistonlik murabbiylar, sportchilar hamda talabalar mahoratini oshirish, aholini sport bilan shug‘ullanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, sport inshootlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish bo‘yicha bir qator muhim kelishuvlarga erishildi.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Dilmurod Nabiyev O‘zbekistonda sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida mezbonlarga batafsil ma'lumot berdi.