Sud tomonidan öta xavfli retsidivist deb topilgan şaxslar, oğir yoki öta oğir jinoyatlar sodir etilgani uçun ozodlikdan mahrum qilişga hukm etilgan şaxslar, Jinoyat kodeksiga binoan oğir yoki öta oğir jinoyat hisoblanadigan qilmişlarni sodir etgani uçun boşqa davlat hududida ozodlikdan mahrum etiş tarzidagi jazoni ötayotgan şaxslarga nisbatan sud tomonidan ma'muriy nazorat örnatilişi mumkin. Bu haqda Senat yalpi majlisida muhokama qilingan Özbekiston qonunida ma'lum qilingan.
28 fevral kuni öz işini boşlagan Senat XVIII-yalpi majlisida «Jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi şaxslar ustidan ma'muriy nazorat töğrisida»gi qonun körib çiqildi.
Qonunda quyidaga asosiy tuşunçalarga aniqlik kiritilmoqda:
- ma'muriy nazorat
- ma'muriy çeklov
- nazorat ostidagi şaxs
- nazorat ostidagi şaxsning yaşaş joyi
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, bundan taşqari, nazorat ostidagi şaxslarga nisbatan örnatilişi sudning sodir etilgan qilmişning xususiyati hisobga olingan holdagi qarori asosida ma'muriy çeklovlarga aniqlik (alkogolli içimliklarni iste'mol qilişni taqiqlaş va h.k.) kiritilmoqda va ular töldirilmoqda.
Şu bilan birga, qonunda belgilanişiça, qöllaniladigan ma'muriy çeklovlar sud tomonidan içki işlar organlarining taqdimnomasi yoki nazorat ostidagi şaxsning yoxud uning vakillari arizasi, şuningdek, mehnat jamoasi, jamoat birlaşmalari va fuqarolar özini özi boşqariş organining iltimosnomasiga köra, qisman bekor qilinişi mumkin.
Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.











