Tailandning Thai Airways International aviakompaniyasi Pokiston-Hindiston mojarosi sababli Pokiston ustidagi havo hududi yopilgani sababli Pokistonga va Yevropaga barça reyslarini töxtatdi. Bu haqda Nation portali xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, aviakompaniya 27 fevral oqşomda Bangkok-Karaçi-Bangkok, Bangkok-Laxor-Bangkok va Bangkok-Islomobod-Bangkok yönalişlari böyiça parvozlarni bekor qilgan.
Bundan taşqari, aviakompaniya Yevropaga Pokiston ustidan ötuvçi reyslarni bekor qildi. Şuningdek, Bangkokdan London, Moskva va Frankfurtga parvozlar töxtatilgan.
Ta'kidlanişiça, barça samolyotlar Bangkokdagi Suvarnabxumi aeroportiga qaytarilgan. Yevropaga 28 fevral ertalabga belgilangan reyslar ham xavfsizlik nuqtai nazaridan bekor qilingan.
Aviakompaniyada vaziyat ortidan sinçkov kuzatilayotgani va reyslar yönalişlarini özgartiriş rejalaştirilayotgani ma'lum qilingan.
27 fevralda Pokiston armiyasi Kaşmir bahsli hududida mamlakat havo hududini buzgan ikkita hind harbiy samolyotini urib tuşirganini ma'lum qildi. Pokiston taşqi işlar vazirligining ta'kidlaşiça, bundan maqsad “özini mudofaa qiliş istagi va bunga tayyorlikni” namoyiş qiliş bölgan.
Şu sababli köplab aviakompaniyalar Pokiston havo hududi yopilgani sababli öz parvozlari yönalişlarini özgartirişayotgani ma'lum qilindi.












